Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rada qarshisidagi namoyish vaqtida granata ishlatgan shaxs qo‘lga olindi
Kiyev shahrida Ukraina parlamenti qarshisida boshlangan namooyish vaqtida portlash amalga oshirgan shaxs hibsga olindi. Bu haqda Kiyev shahri militsiyasi boshlig‘i Aleksandr Tereshchukka asoslangan holda Interfaks xabar bergan.
"Granatani uloqtirgan shaxs qo‘lga olindi. Uning shaxsini aniqlashtirishga harakat qilayapmiz", deydi Aleksandr Tereshchuk.
Bu portlash oqibatida Radaga bostirib kirishga harakat qilayotgan namoyishchilarga qarshilik ko‘rsatayotgan Ukraina milliy gvardiyasi harbiylarining 100 nafardan ortig‘i jarohatlangandi.
Biroz o‘tib, Kiyev meri Vitaliy Klichko bu portlash tufayli bir kishi halok bo‘lgani haqida ma'lum qildi.