Sport | 21:35 / 31.08.2015
2992
1 daqiqa o‘qiladi

Raul Garsiya 40 mln yevro evaziga "Atletiko"dan "Atletik" jamoasiga o‘tdi

Madridning "Atletiko" jamoasida 8 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelgan ispaniyalik tayanch yarimhimoyachisi Raul Garsiya o‘z faoliyatini Bilbaoning "Atletik" jamoasi safida davom ettiradigan bo‘ldi.

"Basklar"ning rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, bu 29 yoshli futbolchining transferi uchun 40 mln yevro to‘langan va u bilan 2019 yilgacha davom etadigan bitim tuzilgan.

Garsiya yangi jamoasida 22 raqam ostida harakat qiladi.

Ma'lumot uchun, ushbu futbolchi o‘tgan mavsumda "Atletiko" safida 31 uchrashuvda ishtirok etib, 5ta gol urgan va 2ta samarali to‘p uzatishni amalga oshirgan.