Jahon | 12:36 / 31.08.2015
3132
2 daqiqa o‘qiladi

Reper Kane Uest AQSh prezidentligi uchun saylovda qatnashmoqchiligini ma'lum qildi

Amerikalik reper Kane Uest MTV Video Music Awards taqdimoti marosimida AQShga prezident bo‘lish niyatida ekanini ma'lum qildi. Bu haqda Variety nashri xabar bergan.

Reper 2020 yili bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etmoqchi.

U sahnada qo‘shiqchi Teylor Svift qo‘lidan mukofot qabul qilayotganida yig‘ilganlarga murojaat qilgan.

"Men bundan biron narsa yo‘qotaman deb o‘ylamayman. Men 2020 yilgi prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodimni qo‘ymoqchiman. Balki siz meni sahnaga chiqishdan oldin qandaydir "kuchliroq modda chakib olganim" haqida o‘ylay boshlagandirsiz? Menga nimadir ilhom bergani bor gap", degan u.

U qaysi partiya nomidan saylovda ishtirok etmoqchiligi va umuman bu niyati jiddiyligiga aniqlik kiritilmagan.

Taxminlarga ko‘ra, 2016 yilgi saylovlar doirasida Hillari Klintonning saylovoldi kampaniyasi shtabi tarkibida bo‘lgan uning rafiqasi Kim Kardashyan uni shunga undagan bo‘lishi mumkin.