Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RMC Sport: Martialning transferi «Manchester Yunayted» uchun 80 mln yevroga tushadi
"Monako"ning 19 yoshli hujumchisi Antoni Martial "Manchester Yunayted"ga o‘tish arafasida turibdi.
RMC Sport nashrining xabar berishicha, tomonlar bu futbolchining transferi bo‘yicha asosiy masalalarni hal qilib olishgan.
Ma'lum qilinishicha, Martialning "qizil iblislar" safiga o‘tishi jamoa uchun 80 mln yevroga aylanadi. "Monako" bu futbolchisi uchun darhol 60 mln yevro va keyinroq bonuslar sifatida 20 mln yevro olishi aytilgan.
Bu transfer orqadi Martialning sobiq jamoasi "Lion" 10 mln yevro ishlab oladi.
Ma'lumot uchun, Martial Fransiya chempionatida o‘tgan mavsumda 35 o‘yinda ishtirok etib, 9ta gol urgan va 3ta golli pas amalga oshirgan.