Jamiyat | 12:09 / 31.08.2015
4228
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik deputat BMT shtab-kvartirasini Shveytsariyaga ko‘chirishni taklif qildi

Rossiya Davlat Dumasi qo‘mitasi a'zosi Igor Zotov BMT bosh kotibi Pan Gi Munga maktub yo‘llab, unda tashkilot shtab-kvartirasini Shveytsariyaga ko‘chirishni taklif qildi. Bu haqda “Izvestiya” nashri yozmoqda.

“Shtab-kvartirani ko‘chirish tashabbusini ommaviy muhokama qilish foydali deb o‘ylayman: bu davlatlarga BMTning zamonaviy dunyodagi o‘rniga boshqacharoq qarash imkonini berib, tashkilotni tubdan isloh qilish, uni bugungi hayotga moslashtirish masalasini yana dolzarblashtiradi”, - deyiladi maktubda.

Deputatning fikricha, tashkilot shtab-kvartirasini neytral mamlakat hududiga ko‘chirish zarur. Bunday davlatlardan biri esa Shveytsariyadir.
Maktubning bir nusxasi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga yo‘llandi.