O‘zbekiston | 22:28 / 31.08.2015
2973
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘zbek xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev o‘zbek xalqini eng ulug‘, eng aziz bayram – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bilan muborakbod etdi. 

Tyurdenevning aytishicha, asosiga strategik hamkorlik va ittifoqdoshlik qo‘yilgan ikki davlat o‘rtasidagi an'anaviy do‘stona munosabatlar Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi bebaho boylik bo‘lib qolmoqda.

“O‘tgan yili bizning davlatlarimiz o‘rtasida strategik sheriklik haqidagi kelishuv imzolanganiga 10 yil to‘ldi, joriy yilda ittifoqdoshlik munosabatlari haqidagi kelishuvga 10 yil bo‘ladi. Bunday mustahkam asosda biz konstruktiv siyosiy dialogni yo‘lga qo‘ymoqdamiz, iqtisodiy aloqalarimizni mustahkamlamoqdamiz, o‘zaro gumanitar harakatlarni kengaytirmoqdamiz. Biz Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi ajralib turuvchi o‘zaro hamjihatlik va ishonchni yuqori qadrlaymiz. Davlatlarimiz o‘zaro farovonlik va barqaror rivojlanishdan, mintaqada va xalqaro maydonda nufuzi oshishi va o‘rnining mustahkamlanishidan manfaatdor. Ishonamanki, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi qo‘ni-qo‘shnichilik va og‘a-inichilik rishtalari kelgusida ham ikkila davlat xalqlari manfaati yo‘lida rivojlanadi va mustahkamlanadi. Aziz o‘zbekistonliklar sizlarga mustahkam salomatlik, tinchlik, farovonlik hamda farovonlik va tinchlik uchun xizmat qiladigan barcha ezgu amallaringiz ijobat bo‘lishini tilab qolaman. Xar bir oilada tinchlik-totuvlik, to‘kin-sochinchilik va bekamu-ko‘stlik hukm sursin”, deb o‘z dil so‘zlarini bildirib qoldi Rossiya elchisi.