Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sentyabrda FIFA 2015 bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi
ICTWEEK 2015 axborot-kommunikatsion texnologiyalar haftaligi doirasida Uzbekistan Cyber Games FIFA15 kiberfutbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi. Tadbir tashkilotchisi InfoCOM.UZ jurnali, “Alyans Arena” kompyuter klubi hamkorligida.
Turnir Sony Play Station 4 konsolida FIFA 2015 o‘yini bo‘yicha o‘tkaziladi.
Turnirning saralash bosqichi 1-12 sentabr kunlari “Alyans Arena” (Toshkent), Gamezone (Samarqand), Mundial (Farg‘ona) va Playstation Game (Olmaliq) klublarida o‘tkaziladi. 15-17 sentabr kunlari UCG FIFA15 finali ICTExpo2015 ko‘rgazmasi doirasida o‘tkaziladi.
Turnirda 8-o‘ringacha bo‘lgan pog‘onalarni egallagan barcha ishtirokchilar planshetlar va smartfonlar bilan taqdirlanadi. Turnirda ishtirok etish bepul. Ishtirokchilar saralash bosqichida klublarda o‘yinga sarflangan vaqt uchun pul to‘lashadi.