Jahon | 18:08 / 31.08.2015
3360
1 daqiqa o‘qiladi

Shoygu: avgustda Rossiya armiyasi qariyb 80 ta mashg‘ulot o‘tkazdi

2015 yilning avgust oyida Rossiya armiyasi qariyb 80 harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi va endi “Markaz-2015” qo‘mondonlik-shtab manyovrlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu axborot berdi.

“Oxirgi oy davomida biz 79 harbiy mashg‘ulot o‘tkazdik, - dedi u idorada o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida. – Ular ichida eng keng miqyoslisi Markaziy Osiyo stragetik yo‘nalishidagi qo‘shinlarning tayyorgarligi bo‘ldi. Unga 6 ming harbi xizmtatchi va 800 texnika birligi jalb qilindi”.

Vazirning so‘zlariga qaraganda, “Markaz-2015” manyovrlariga tayyorgarlik ishlari 24-29 avgust kunlari olib borildi.