Iqtisodiyot | 10:15 / 31.08.2015
2885
1 daqiqa o‘qiladi

The Telegraph: Rolls-Royce kompaniyasi Petrobras`dagi korrupsiya ishi bo‘yicha guvohlik bermoqda

Buyuk Britaniyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi Rolls-Royce kompaniyasi Braziliyaning yirik neft kompaniyasi Petrobras`dagi korruptsion mojarolarga aralashdi. Bu haqda The Telegraph nashrida yozilgan.

"Biz braziliyalik tergovchilar hamkorlik qilyapmiz. Lekin bu haqda tergov hali davom etayotgani tufayli batafsil ma'lumotlar bera olmaymiz. Shuni aytishimiz mumkinki, Rolls-Royce har qanday turdagi jinoyatchilikka qarshi", deydi kompaniya vakili.

Qayd etish kerakki, shu yilning fevralida Rolls-Royce kompaniyasi Petrobras davlat neft kompaniyasidagi korrupsiya bilan bog‘liq shov-shuvga aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Petrobras sobiq bosh menejyeri Pedro Barusko politsiyaga xabar qilishicha, Petrobras neft platformalari uchun turbinalar yetkazib beruvchi Rolls-Royce Braziliya kompaniyasi rahbariyatiga o‘z agenti orqali pora berib, evaziga 100 million dollarlik shartnoma so‘ragan.

Biroz oldinroq, bu ish doirasida Braziliyaning sobiq prezidentiga ayblov e'lon qilingandi.