Jamiyat | 19:42 / 31.08.2015
4519
1 daqiqa o‘qiladi

U2 guruhi yakkaxoni Bono Facebook tufayli dunyodagi eng boy xonandaga aylandi

U2 guruhi yakkaxoni Bono Facebook ijtimoiy tarmog‘ining aksiyalarining ko‘p qismiga egalik qilgani tufayli dunyodagi eng boy xonandaga aylandi, deb yozmoqda The Mirror nashri. 

Bugungi kunda irlandiyalik musiqachining boyligi 1,5 mlrd dollarga baholanmoqda. Bonoga uning davlatining katta qismini Facebook’ning 2,3 foiz aksiyasi keltirdi. Bono bu aksiyalarni 2009 yilda o‘zining Elevation Partners investitsion kompaniyasi orqali 86 mln dollarga sotib olgan edi.

Ijtimoiy tarmoqning aksiyalari Bonoga 1,4 mlrd dollar daromad keltirgan. Bu Bonoga sayyoramizning eng badavlat musiqachilari ro‘yxatida Pol Makartnidan o‘zib ketish imkonini berdi.