Jahon | 17:58 / 31.08.2015
3646
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina hukumati kiyevliklardan shahar markazidan uzoqroq bo‘lishni so‘radi

Ukraina poytaxti Kiyev shahridagi Pecher tuman davlat ma'muriyati dushanba, 31 avgust kuni kiyevliklar va Ukraina poytaxti mehmonlariga shahar markazidan uzoqroq bo‘lishni so‘rab murojaat qildi.

“Pecher tuman davlat ma'muriyati Ukraina Yuqori Radasi hududida ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgani bilan bog‘liq xavf mavjudligi haqida ogohlantiradi”, deyiladi ma'muriyat matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq 100 nafarga yaqin huquqni himoya qilish organlari xodimlarining Yuqori Radadagi to‘qnashuvlar chog‘ida jarohat olgani xabar qilingan edi.

Huquq himoyachilari Rada binosida militsionerlarga qarata grana uloqtirgan jinoyatchini qo‘lga oldi.

Ukraina parlamenti binosi oldidagi tartibsizliklar konstitutsiyaga mamlakatni desentralizatsiya qilishga taalluqli o‘zgartishlarni kiritish haqidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinganidan so‘ng boshlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish