18:29 / 31.08.2015
3604

Ukraina-Rossiya chegarasida IShIDning 7 nafar chechenistonlik tarafdori qo‘lga olindi

Rossiyaning Ukrainaga o‘tadigan chegara zonasida chechenistonlik 7 kishi qo‘lga olindi. TASS agentligining tuman huquq-tartibot xodimi Vaxa Geremeyevga tayanib bergan ma'lumotiga qaraganda, ular IShID tarkibiga qo‘shilish uchun Suriyaga yo‘l olgani aniqlangan.

Qo‘lga olinganlar ichida homilador ayol bo‘lgan. Ularning barchasi respublika hududiga qaytarib olib kelingan.

Bu shaxslarning yo‘qolib qolgani borasida ota-onalari tegishli idoralarga xabar berishgan. Qidiruv natijasida ular chegara hududida topildi.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Top