Jahon | 15:11 / 31.08.2015
2947
1 daqiqa o‘qiladi

Ussuriyadagi hayvonot bog‘ida 27 jonivor cho‘kib ketdi

Rossiyadagi Ussuriya hayvonot bog‘ida suv toshqini kuzatildi va natijada 27 ta jonivor suvga cho‘kish natijasida halok bo‘ldi. Ulardan 6tasi quyon va 2tasi dengiz cho‘chqasi bo‘lgan. Shuningdek, hodisa qurbonlari orasida bug‘u, yenot va to‘tiqushlar ham borligi aytilgan.

Hayvonot bog‘i direktori Yekaterina Zotovaning aytishicha, bu hududda jami 98 jonivor saqlangan, suv toshqinidan keyin ulardan 71tasigina omon qolgan.

Uning qayd etishicha, tirik qolgan jonivorlarning aksari ham o‘zini yaxshi his qilmayapti. Jonivorlar shamollab qolishgan bo‘lishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish