Jamiyat | 11:39 / 31.08.2015
11541
1 daqiqa o‘qiladi
Vazir o‘rinbosari: Maktab ta'miri uchun ota-onalardan pul yig‘ish taqiqlandi
Maktab va bog‘chalarda turli sabablar bilan ota-onalardan pul yig‘ish qat'iyan taqiqlanadi.
“Adolat ko‘zgusi” nashrida yozilishicha, bu haqda O‘zbekiston Xalq ta'limi vazirining o‘rinbosari Dilshod Kenjayev o‘quv yili boshlanishi arafasida eslatib o‘tdi.
Qayd etilishicha, maktab va bog‘chalarda ota-onalardan pul yig‘ish holati ro‘y bersa, Vasiylik kengashiga murojaat qilish lozim bo‘ladi.
Vazir o‘rinbosarining aytishicha, mazkur masala xalq ta'limi bo‘limida muhokama etilib, aybdorlar javobgarlikka tortiladi.