Jahon | 14:54 / 31.08.2015
2752
1 daqiqa o‘qiladi
Vetnamda 18 ming nafardan ortiq mahbus amnistiya qilindi
Vetnamda 18,5 ming atrofidagi mahbus amnistiyaga tushib, ozodlikka chiqarildi. Bu haqda mahalliy OAVlarga asoslanib, TASS nashri xabar bergan.
Vetnam prezidenti Chong Tan Shang mamlakat mustaqilligining 70 yilligi munosabati bilan afvi umumiy e'lon qilgan.
Bu safargi amnistiya ro‘yxatida 34 nafar xorijlik ham qayd etilgan bo‘lib, ular orasida Avstraliya, Komboja, Xitoy, Laos, Malayziya va Filippin fuqarolari ham bor.
Qayd etilishicha, bundan oldin Vetnamda shunday keng ko‘lamdagi amnistiya 6 yil avval e'lon qilingandiyu O‘shanda mamlakat prezidenti qamoqxonalardagi 20,5 ming nafardan ortiq mahbuslarni muddatidan oldin ozod qilish uchun farmon chiqargandi.