Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xodorkoskiy va Navalniy siyosiy mahbuslarning oilalariga 2.2 mln rubl beradi
YuKOSning sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy va rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniy siyosiy mahbuslarning oilalariga 2.2 mln rubl tarqatadi. Bu haqda loyiha koordinatori Mariya Baronovaga tayangan holda RBK nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, mablag‘ Xodorkovskiy hamda nomi keltirilishini istamagan bir qancha shaxslarning o‘z pullaridan ajratiladi.
Baronovaning ta'kidlashicha, loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad siyosiy mahbuslarning oilalariga yordam ko‘rsatish bilan birga ularning qamoqdagi qarindoshlari bilan aloqalariga ko‘mak berish hamdir. Negaki ko‘pchilik oilalarning qarindoshlari saqlanayotgan koloniyalarga kelishi uchun mablag‘i yo‘q.
Korrupsiyaga qarshi kurash fondi direktori Roman Rubanovning ta'kidlashicha, hisoblariga band solingani bois Navalniy ushbu loyihaga moliyaviy ko‘mak bermaydi. U axborot ko‘magini ta'minlab beradi.