Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yatsenyuk sentabrdan Ukrainadagi eng kam oylik ish haqi oshirilishini e'lon qildi
Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk hukumat qarori bilan Ukrainada 1 sentabrdan eng kam oylik ish haqi va yashash minimumi miqdori oshishini e'lon qildi. Bu haqda RIA “Novosti” ma'lum qildi.
Yatsenyuk amaldagi qonunga ko‘ra yashash minimumi va eng kam oylik ish haqini 1 dekabrdan oshirish rejalashtirilganligini aytdi. Biroq Yatsenyuk “yashash minimumi va eng kam oylik ish haqini oshirish uchun moliyaviy zaxira qidirish” bo‘yicha ish olib borilganini va 1 sentabrdan buni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lingani ta'kidlab o‘tdi.
Yatsenyuk ushbu qaror prezident bilan birga qabul qilingani va bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun 10 mlrd grivna talab qilinishini aytdi.
Ukraina parlamentiga qariyb 12 mln ukrainalikka ijtimoiy standartlarni ko‘tarishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ko‘rib chiqilish uchun kiritilmoqda.