Jahon | 19:23 / 01.09.2015
2795
2 daqiqa o‘qiladi

“Transaero” 75 foiz aksiyasi “Aeroflot”ga sotilganini tasdiqladi

“Transaero” aviakompaniyasi 75 foizlik aksiyalar paketi “Aeroflot” tomonidan sotib olinganini tasdiqladi. Bu haqda kompaniya matbuot bayonotida ma'lum qilindi.

“Hukumatda bosh vazirning birinchi o‘rinbosari I.I.Shuvalov raisligida aviatransport tarmog‘i masalalariga bag‘ishlangan boshqarmalararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Fuqarolik aviatsiyasining yanada rivojlanishi va dunyoda yirik aviatransport guruhini yaratish maqsadida “Transaero” aviatsion kompaniyasi” OAJni “Aeroflot”ga birlashtirilishi qo‘llab-quvvatlandi”, deb aytilmoqda xabarda.

“Transaero” 75 foiz aksiyasi “Aeroflot”ga sotilganini tasdiqladi

“Transaero” aksionerlari bu kelishuv yo‘lovchilar, aviakompaniya xodimlari va hamkorlari manfaatlariga to‘g‘ri kelishiga umid bildirmoqdalar.

Ma'lum qilinishicha, kompaniyalar birdaniga emas, balki bir yil davomida sekin-asta qo‘shiladi. Hukumat bunda “Aeroflot”ga qo‘yadigan asosiy talabi – kompaniya “Transaero”da chiptalar qanday narxda sotilganiga qaramasdan, uning yo‘lovchilarini tashish bo‘yicha barcha majburiyatlarni to‘liq bajarishi kerak.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish