Jahon | 10:53 / 01.09.2015
2593
2 daqiqa o‘qiladi

Anatoliy Karpov Saxalinga soat kamarini qaytarishga va'da berdi

Shaxmat bo‘yicha ko‘p karra jahon chempioni, Rossiya Davlat Dumasi deputati Anatoliy Karpov Saxalinga tashrifi chog‘ida mahalliy aholiga eski vaqt mintaqasiga qaytishda yordam berishni va'da qildi. Bu haqda viloyat hokimiyati sayti orqali xabar qilindi.
Dushanba kuni mashhur shaxmatchi mintaqa rahbari Oleg Kojyemyako bilan uchrashib, Saxalinni 10-soat zonasiga o‘tkazish masalasini muhokama qildi.
“Kechalari bizda quyosh erta botadi. Ertalab soat 5larda yorug‘ bo‘ladi. Ko‘plar shikoyat qilmoqda. So‘rovnoma o‘tkazib, ko‘pchilikning fikrini bilmoqchimiz, balki deputatlarning yordami kerak bo‘lar”, - dedi Kojyemyako mehmon bilan suhbat chog‘ida.

“Biz Yer sayyorasida yashaymiz, u Quyosh atrofida aylanadi. Buni o‘zgartira olmaymiz. Geografiy mintaqalarni e'tiborga olish kerak. Saxalinda yo‘qotilgan bir soat jiddiy muammo tug‘dirmoqda. Agar saxalinliklarning ko‘pchiligi eski vaqtga qaytishni istasa, men bu tashabbusni Davlat Dumasida qo‘llab-quvvatlashga tayyorman”, - javob berdi unga Karpov.
2014 yilning 26 oktabrga o‘tar kechasi Rossiyaning 78 mintaqasi soatlarini o‘zgartirdi. Hozirlikda Saxalin viloyati ikki soat mintaqasida yashamoqda: Saxalin, O‘rta va Janubiy Kurillar 7-soat zonasida, Shimoliy Kuril – 11-zonada yashamoqda.

Saxalinda faoliyat yuritayotgan tashabbuskor guruh 1997 yildan buyon viloyat amalda ikki soatdan mahrum bo‘lganini e'tirof etmoqda. Moskva vaqti bilan 8 soat farqlanadigan eski vaqtga qaytish taklif etilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish