Sport | 20:09 / 01.09.2015
2824
2 daqiqa o‘qiladi

As: «Real» De Xeaga 10 million yevro miqdoridagi tovon puli to‘lashni va'da qildi

"Real" jamoasi "MYu" darvozaboni David De Xeaga futbolchining madridliklar safiga o‘tishi borasida yuzaga kelgan muvaffaqiyatsizlikdan keyin 1 mavsum davomida o‘yin amaliyotisiz qolishi mumkinligi tufayli 10 mln yevro miqdorida tovon puli to‘lab beradi. Bu haqda As nashrida xabar berilgan.

Bundan oldinroq, futbolchi uchun 5 mln yevro miqdorida tovon puli ajratilgani haqida ma'lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, David De Xeaning transferi bo‘yicha bir necha oylardan beri muhokama va muzokaralar o‘tkazildi va yakunda muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Avvaliga "MYu" darvozabonni 25 mln yevro evaziga sotgani haqida xabar qilingandi.

Ammo Ispaniyada yozgi transferlar darichasi yopilib qoldi va "Real" De Xeani La Liga uchun qaydnomadan o‘tkazishga ulgurmadi.

"MYu" bosh murabbiyi Lui van Gaal esa uni yangi mavsum uchun asosiy darvozabon sifatida ko‘rmayapti va Romeroni asosiy tarkibda tushirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish