Bloomberg: rubl kursining neftga bog‘liqligi 2003 yildan beri maksimum ko‘rsatkichiga erishdi
Neft narxi va rublning boshqa valyutalarga nisbatan kursi o‘rtasidagi bog‘liqlik 2003 yildan beri o‘zining maksimum ko‘rsatkichiga erishdi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.
Ko‘rsaktichlar o‘rtasidagi bog‘liqlik 82 foizga yetdi va yaqin orada juda yuqori qiymatda to‘xtaydi, deb ta'kidlamoqda agentlik. Neft narxlari rubl kursi dinamikasini belgilovchi asosiy omil bo‘lib qolmoqda.
Neft kotirovkalarining pasayishi ortida rubl kursi 4 oydan beri pastlamoqda. Avgust natijalariga ko‘ra Brent narxi 6,4 foizga kamaygani holda rubl AQSh dollariga nisbatan 8,1 foizga o‘z mavqeini yo‘qotdi.
Sentyabr oyida rubl uchun AQSh va Xitoydagi omillar muhim bo‘lib qoladi. AQSh Federal zaxira tizimining qayta moliyalash stavkasini oshirishi neft narxlarining darajasiga bevosita ta'sir qilishi mumkin, chunki neft kotirovkalari AQSh dollariga bog‘langan. Xitoy iqtisodiyotining sekinlashishi esa neft talabiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.