"Kristal Pelas" jamoasi hujumchisi Glenn Myurrey yangi mavsumni APL debyutanti "Bornmut" jamoasida o‘tkazadi.
31 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.
Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, ushbu transfer summasi 4 million funtni tashkil etadi.
Ma'lumot uchun, Myurrey "Kristal Pelas" 125 marta maydonga tushgan va 47ta gol urishga erishgan.