Jahon | 14:34 / 01.09.2015
2222
1 daqiqa o‘qiladi

Budapesht vokzali poyezdga muhojirlar hujum qilgani sababli evakuatsiya qilindi

Politsiya Budapeshtdagi Keleti vokzalida kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan poyezdlar harakatiga muhojirlar to‘dasi halal bergani sababli evakuatsiya olib bormoqda, deya xabar bermoqda g‘arb ommaviy axborot vositalari.

Bu qaror 500ga yaqin muhojir Venaga yo‘l olayotgan poyezdga chiqib olish uchun ommaviy harakat qilganidan so‘ng qabul qilindi. Ma'lumotlarga ko‘ra, muhojirlar politsiyaga qarshilik ko‘rsatmasdan, faqat shovqin solishmoqda.

Avvalroq Avstriya politsiyasi seshanba,1 sentabrga o‘tar kechasi Vengriyadan Avstriyaga ikkita poyezdda 3,6 ming noqonuniy muhojir o‘tib kelganini ma'lum qilgan edi. Bu butun yil davomida Avstriyaga bir tunda kirib kelgan rekord darajadagi qochqinlar sonidir.