Sport | 00:58 / 01.09.2015
4178
1 daqiqa o‘qiladi

Chicharito “Bayyor”ga, Rolandu “Marsel”ga o‘tdi

Yozgi transfer oynasining yopilishiga sanoqli daqiqalar qolganda Yevropa futbolida bir qator transferlar amalga oshirilmoqda.

“Portu” himoyachisi Rolandu o‘z faoliyatini “Marsel”da davom ettiradigan bo‘ldi. 30 yoshli portugaliyalik fransuz klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

Shuningdek, “Manchester Yunayted” hujumchisi Xaver Ernandes (Chicharito) Leverkuzenning “Bayyer” klubi bilan 2018 yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnomani imzoladi. Avvalroq 27 yoshli futbolchi “Bayyor”ga 16 mln yevroga tushishi, maoshi esa yiliga 3,5 mln yevro va qo‘shimcha bonuslarni tashkil qilishi ma'lum qilingandi.