O‘zbekiston | 14:41 / 01.09.2015
5130
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada o‘tgan jang san'atlari festivalida O‘zbek jang san'ati ustalari olqishlarga sazovor bo‘ldi

28-30 avgust kunlari bir guruh o‘zbekistonlik yoshlar Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro jang san'atlari festivalida ishtirok etdi. Chjungdu shahrida o‘tgan tadbirga 24 mamlakat vakillari tashrif buyurdi, ular qatorida Braziliya, Hindiston, Xitoy, Kambodja, Malayziya, Tailand, Filippin bor edi.

“Jahon” agentligining ma'lum qilishicha, o‘zbekistonlik yoshlar bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ta'kidlanishicha, O‘zbek jang san'ati ustalari tadbir mehmonlarining olqishlari sazovor bo‘lishgan. Xususan, shahar hokimi Cho Kil Xyong ularning yuksak mahoratini alohida e'tirof etdi.

“Jamoangiz tarkibida boshqa davlatlar vakillari bilan munosib bellashgan va yutuqli o‘rinlarni egallagan ko‘plab yoshlar bor edi”, - ta'kidladi u.
O‘z navbatida, festival direktori Chung Va-Te ham o‘zbekistonlik ishtirokchilarning chiqishlarini yuqori baholadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish