Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 20:18 / 01.09.2015
2733
1 daqiqa o‘qiladi
Jolen Leskott «Aston Villa»ga o‘tdi
Birmingemning "Aston Villa" jamoasi "Vest Bromvich"dan tajribali himoyachi Jolen Leskottni xarid qildi.
Jamoa rasmiy saytida xabar berilishicha, 33 yoshli bu futbolchi bilan 2 yillik shartnoma tuzilgan.
Shu tariqa, Leskott birmingemliklar safiga yozgi transferlar vaqtida kelib qo‘shilgan o‘n birinchi futbolchiga aylandi.
Ma'lumot uchun, Leskott o‘z vaqtida "Manchester Siti" va "Everton" kabi jamoalar safida ham yorqin faoliyat ko‘rsatgandi.