Jahon | 23:52 / 01.09.2015
3679
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya bosh vaziri Medvedev bir yillik byudjyetga o‘tishning zarurligini tushuntirib berdi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev vazirlarga Davlat dumasi deputatlariga davlat byudjyetining bir yillik sikliga o‘tishni taklif qilishni buyurdi. Bunday chora neft narxining o‘zgaruvchanligi hamda rubl kursining barqarorsizligi tufayli yuzaga keladigan xatarlar sababli zarur, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Bundan avval Rossiya Moliya vazirligi Davlat dumasiga uch yillik byudjyet o‘rniga bir yillik byudjyet taklifini kiritishi ma'lum qilingan edi. Moliya vaziri Anton Siluanov buni faqatgina bir marta 2016 yilda qilishga va'da berdi.