Jahon | 10:17 / 01.09.2015
2655
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Shveytsariyaliklar muhojirlar oqimi sababli Yevroittifoqqa qo‘shilishni istamaydi

Yevropaga ommaviy ravishda kirib kelayotgan muhojirlar muammosi yechimini Shveytsariya aholisi ularga o‘z mamlakatlarida, shuningdek, muhojir va qochqinlar vaqtinchalik boshpana topgan Suriya va Iroq atrofidagi qo‘shni mamlakatlarga ko‘mak ko‘rsatishni kengaytirishda ko‘rmoqda.

Shveytsariyaliklar, shuningdek, Shveytsariya Konfederatsiyasining Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lishini ham xohlamaydi va u yerda bo‘layotgan hodisalarga salbiy baho bermoqda. Bu haqda Schweiz am Sonntag nashri o‘tkazgan so‘rovnomalar vaqtida ma'lum bo‘ldi.

Shveytsariyaning YeIga qo‘shilishiga ijtimoiy so‘rovnomaning 85,8 foiz qatnashchilari qarshi ovoz bergan. 30 foizdan ziyod respondentlar ittifoqning yaqin orada tarqab ketishiga ishonch bildirgan.

Yevropaga kirib kelayotgan muhojirlar oqimini to‘xtatish masalasida 81,3 foiz respondentlar Shveytsariyalar ularga “o‘z joyida” yordam berish kerak, degan fikrni bildirgan.

39,6 foiz shveysariyalik esa mamlakatga faqat malakali muhojirlarni qabul qilish lozimligini belgilagan. 44,6 foizi mamlakat chegaralarini vaqtinchalikka butunlay yopish kerak, deya javob bergan bo‘lsa, 26,5 foiz respondentlar

Shveytsariyaga yiliga 40 ming nafardan muhojir qabul qilish mumkinligini bildirgan.

Ijtimoiy so‘rovnoma iyul oyida o‘tkazilib, unda 1002 fuqaro va mamlakatda yashovchi xorijlik ishtirok etgan.

Shveytsariya hukumatining ma'lum qilishicha, 2015 va 2016 yillarda Shveytsariya taxminan 30 ming boshpana berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilib olish kutilmoqda.