Jahon | 05:26 / 01.09.2015
6317
2 daqiqa o‘qiladi

Obama: Eron bilan kelishuv barbod bo‘lsa, oxirgi imkoniyat harbiy operatsiya bo‘lishi mumkin

AQSh kongressi tomonidan Eron yadroviy dasturi bo‘yicha xalqaro vositachilar “oltiligi” va Eron o‘rtasidagi kelishuv rad etilsa, oxirgi harakatlar varianti harbiy operatsiya bo‘lishi mumkin, deb aytdi AQSh prezidenti Barak Obama Forward jurnaliga bergan intervyusida.

“Agar kelishuv rad etilsa, unda mantiqan, Eronga yadroviy qurolga egalik qilishga to‘sqinliq qilmoqchi bo‘lsak, unda qandaydir lahzada oxirgi imkoniyat harbiy operatsiyalar bo‘lishi mumkin”, deb aytdi Obama.

Prezident bu uning prezidentligi paytida emas, biroq keyingi prezident ma'muriyati paytida bo‘lishi mumkinligini ta'kidlab o‘tdi va kelishuvni muhokama qilganda bu omilni hisobga olishga chaqirdi.

Obama, shuningdek, bu kelishuv rad etilgan taqdirda, “Xitoy, Rossiya, Hindiston yoki Yaponiya bundan keyin ham Eronga nisbatan sanksiyalarni saqlab qoladi” deb umid bildirish yaramasligiga e'tiborni qaratdi.