Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama omon qolish bo‘yicha Arktika poygasida ishtirok etadi
AQSh prezidenti Barak Obama NBC telekanalida efirga uzatiladigan, yovvoyi tabiat bilan yolg‘iz yuzma-yuz qolganda jon saqlash uquvlari namoyish qilinadigan Running Wild shousida ishtirok etadi, deb ma'lum qilmoqda Reuters axborot agentligi.
Prezident Alyaska yovvoyi tabiati sharoitlarida omon qolish uquvlarini namoyish qiladi. Ko‘rsatuv boshlovchisi Bear Grills prezident bilan birga o‘rmon va tog‘lar bo‘ylab murakkab o‘tishlar amalga oshiradi.
Ko‘rsatuvning Obama ishtirok etgan seriyasi qachon efirga uzatilishi ma'lum qilinmadi. Biroq shunisi ma'lumki, bu ko‘rsatuv 2015 yilda efirga uzatiladi. Obama ushbu teleshouda qatnashadigan birinchi AQSh prezidenti bo‘ladi.
Avvalroq bu ko‘rsatuvda Ben Stiller, Zak Efron, Keyt Xadson, Mishel Rodriges kabi yulduzlar ishtirok etgan. Avvalroq Mishel Obama mashhur Opra Uinfrining teleshousida qatnashgan edi.