Iqtisodiyot | 14:08 / 01.09.2015
2865
1 daqiqa o‘qiladi

OPeK neft narxining tushishiga qarshi birgalikda kurashishga chaqirdi

Neft narxining tushib ketayotgani uglevodorodlar eksporti bilan shug‘ullanuvchi davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta'sir o‘tkazmoqda. Energetikaga kiritilayotgan investitsiyalar kamayib bormoqda, kelajakda ular yo‘q darajaga tushib qolishi mumkin.

Shuni inobatga olgan holda, OPeK tashkiloti eksportchi davlatlarni bozorni barqarorlashtirish yo‘lidagi sa'y-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi. Bu haqda kartelning bayonnomasida aytildi.
“Biz barcha neft ishlab chiqaruvchilar bilan teng dialog yuritishga tayyormiz. OPeK, albatta, o‘z manfaatlariga qarshi chiqmaydi. Tashkilotga kiruvchi rivojlanayotgan mamlakatlar boshqacha yo‘l tuta olmaydi”, - deyiladi hujjat matnida.

Hujjatda ta'kidlanishicha, aynan hamkorlik muammoni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
OPeK boshqa neft davlatlari bilan qachon va qay yo‘sinda aloqalarni yo‘lga qo‘yishi haqida hozircha biror aniq ma'lumot berilmadi.