O‘zbekiston | 07:00 / 01.09.2015
3892
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 24 yil ichida jon boshiga real daromadlar 9 martaga oshdi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Mustaqilligining yigirma to‘rt yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda mamlakat qtisodiyoti, jahon miqyosida hali-beri davom etayotgan inqirozga qaramasdan, istiqlol yillarida 5,5 karradan ziyod o‘sgani, aholimizning real daromadlari jon boshiga 9 marta ko‘paygani, odamlarimizning o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 67 yoshdan 73 yoshga, ayollar o‘rtasida esa 75 yoshga yetgani hech kimni befarq qoldirmayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Prezidentimiz O‘zbekiston yer yuzidagi eng tez sur'atlar bilan rivojlanayotgan davlatlar orasida bugun beshinchi o‘rinni egallayotgani va so‘nggi o‘n bir yil davomida yalpi ichki mahsulotining o‘sish hajmi 8 foizdan yuqori bo‘lib kelayotganining o‘zi barchaning havasi va hayratini uyg‘otadigan holat ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

“Bugungi kunda dunyodagi eng nufuzli xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy markazlarning oxirgi ma'lumoti bo‘yicha, O‘zbekiston “Butunjahon baxt indeksi”da 158 ta mamlakat o‘rtasida 44-pog‘onani, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida birinchi o‘rinni egallagani barchamizga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi va yangi ufqlarni zabt etishga undaydi”, deb qo‘shimcha qildi Islom Karimov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish