Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Patrushev G‘arbni Rossiyada yirik iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishga xalaqit berishga urinayotganlikda aybladi
Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari Nikolay Patrushev G‘arbning Rossiya qo‘llab-quvvatlayotgan iqtisodiy loyihalarning amalga oshirilishiga xalaqit berishga urinayotgani haqida gapirib berdi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» axborot agentligi.
“Xorijiy tashkilotlarning birgalikdagi iqtisodiy loyihalardagi ishtirokini cheklash yo‘li bilan Rossiyaning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishga urinishlar bo‘lmoqda. Bunga misol sifatida “Shimoliy oqim” va “Janubiy oqim” gazni transport qilish loyihalarini amalga oshirishdagi muammolarni aytish mumkin. Rossiyaning Arktika zonasi chegaralarida qit'a shelfida foydali qazilmalar konini o‘zlashtirishga huquqi shubha ostiga qo‘yilmoqda”, deb aytdi Patrushev. Patrushev G‘arb xorijiy tashkilotlarning Rossiya bilan birgalikdagi loyihalardagi ishtirokini ataylab cheklayotganiga ishonchi komil ekanini aytdi.