Patrushev Ukraina va Boltiqbo‘yida fashizm qayta paydo bo‘layotganini aytdi
Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari Nikolay Patrushev Ukraina va Boltiqbo‘yida fashizm qayta paydo bo‘layotganiga ishonchi komil ekanligini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.
Patrushev bu haqda Sankt-Peterburg davlat dengiz texnik universitetidagi nutqi davomida aytib o‘tdi. “Ayni paytda Ukraina va Boltiqbo‘yi davlatlarida ochiqchasiga va surbetlarcha fashizm qayta tiklanmoqda. Fashist milliy harakatlari faollari qahramonlashtirilmoqda, ularning qarashlari mahalliy aholi orasida borgan sari ko‘proq tarafdorlarini topmoqda”, deb ta'kidlamoqda Patrushev.
Bundan tashqari, Patrushev ayni paytda Rossiyaning chegaralarida harbiy keskinlik o‘choqlari yaratilayotgani va antirossiya targ‘ibotining tarqalishi holatlari yuz berayotganini ta'kidlab o‘tdi.