09:09 / 01.09.2015
2767

Poroshenko: konstitutsiyaga tuzatishlarda Donbassning alohida maqomi ko‘zda tutilmagan

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko konstitutsiyaga markazsizlashtirish masalasidagi tuzatishlarda Donbassning alohida maqomi ko‘zda tutilmaganini ma'lum qildi. Bu haqda “112 Ukraina” ma'lum qildi.

“Konstitutsiyaga tuzatishlar loyihasida Donbassning alohida maqomi ko‘zda tutilmagan. Mening fikrimcha, bu faqatgina muayyan siyosiy kuchlarning saylovoldi texnologiyalari uchun qolip, konstitutsiyaga tuzatishlar kiritilishi, prezidentga qarshi qora piar hisoblanadi”, deb aytmoqda Poroshenko.

Ukraina parlamenti deputatlari konstitutsiyaga markazsizlashtirish to‘g‘risida tuzatishlar qiritish qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilganliklaridan keyin parlament binosi yonida tartibsizliklar boshlandi. Oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, namoyishchilar va huquq-tartibot muassasalari xodimlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida 122 kishi jarohat oldi, milliy gvardiyaning bir nafar jangchisi halok bo‘ldi.

Top