Jahon | 23:58 / 01.09.2015
10450
2 daqiqa o‘qiladi

Putin 11 yoshli bolaga rublning qadrsizlanishi sabablarini tushuntirib berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Sirius” ta'lim markazining o‘quvchilaridan biriga rubl kursi bilan nima sodir bo‘layotganini tushuntirib berdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Markazning o‘quvchilaridan biri – pskovlik 11 yoshli Denis Putinning yoniga kelib, “Rublning qadrsizlanishi Rossiya iqtisodiyoti uchun barchasi yomon ekanligini anglatadimi?” degan savoliga “Barchasi emas. Bizning eksport dollarda arzonroq bo‘ladi”, deya javob berdi Putin.

Denis “Nima uchun buni to‘xtatib bo‘lmaydi?”, deb so‘rashda davom etdi.
Prezident kursning tushishini nobozor yo‘llari bilan to‘xtatish mumkinligini aytdi.

“Rubl kursini nobozor usuli bilan tartibga solganimizda biz o‘zimizning oltin-valyuta zaxiralarimizni tezda sovurib yuboramiz. Bu holat har tomonlama hisobga olingan bo‘lishi uchun Markaziy bank kursni biroz tushirishi kerak va u shunday ham qilmoqda”, deb davom etdi Putin.

Putin “barcha narsani shunday qilish kerakki, rubl neft, gaz va derivativlar narxidan bevosita bog‘liq bo‘lmasligi kerak”, deb ta'kidlab o‘tdi.

Putin Denisga omadlar tilab qoldi va u tomonidan bildirilgan qiziqish uchun minnatdorchilik bildirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish