O‘zbekiston | 18:32 / 01.09.2015
4047
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Islom Karimovni Mustaqillik kuni bilan qutladi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovni milliy bayram — Mustaqillik kuni bilan qutladi.

Kreml matbuot xizmatining xabar berishicha, Rossiya davlati rahbari tabrik telegrammasida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy masalarni hal etishdagi ko‘zga ko‘rinarli yutuqlari hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida va uning tashqarisida qozongan obro‘-e'tiborini qayd etib o‘tdi.

“Vladimir Putin Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda strategik sherikchilik va hamkorlik ruhida rivojlanib borayotganini yuqori baholadi. Rossiya Prezidenti kelgusida ham ikki tomonlama aloqalar barcha komplekslar, shuningdek, BMT, MDH, ShHT va boshqa ko‘ptomonlama birlashmalar doirasida ikki mamlakat fuqarolari manfaatlari, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash o‘zanida konstruktiv hamkorlikka asoslangan holda taraqqiy etishiga ishonch bildiradi”, – deyiladi Rossiya yetakchisi murojaatida.

Shu o‘rinda, Islom Karimov va Vladimir Putin Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 70 yilligi munosabati bilan Xitoy poytaxti Pekin shahrida bo‘lib o‘tadigan paradda ishtirok etishi bildirganini qayd etish joiz. Ertaga O‘zbekiston rahbari XXRga jo‘nab ketadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish