17:12 / 01.09.2015
4483

Putin sanksiyalarning Rossiya va Xitoy munosabatlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatganligini e'tirof etdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikricha, Rossiyaga qarshi Ukraina masalasi tufayli G‘arb davlatlari tomonidan joriy qilingan iqtisodiy va siyosiy cheklovlar Rossiya va Xitoyning iqtisodiy munosabatlariga ijobiy ta'sir o‘tkazib, o‘zaro aloqalarning mustahkamlanishiga turtki bo‘ldi.

“Ayrim G‘arb davlatlari tomonidan joriy qilingan cheklovlar Rossiya va Xitoy iqtisodiy aloqalariga salbiy ta'sir o‘tkazmoqda deb hisoblamayman. Aksincha, bu bizning milliy biznesimizga Xitoy bilan yaqindan aloqaga kirishishga turtki bo‘lmoqda”, - uning so‘zlarini keltiradi Interfaks agentligi.
U, ayniqsa, energetika sohasidagi hamkorlik samarali rivojlanayotganligini alohida qayd qilib o‘tdi.

Top