Jahon | 14:22 / 01.09.2015
1767
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston va XXR rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida deklaratsiya imzoladi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev XXR raisi Si Tszinpin bilan uchrashu o‘tkazdi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama savdo va iqtisodiy aloqalarning keyingi istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, investitsiyalarni kengaytirish, madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni rivojlantirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Nazarboyev Xitoy xalqini Yaponiya militarizmi ustidan qozonilgan g‘alabaning 70 yilligi munosabati bilan, shuningdek, 2022 yilgi qishki Olimpiadaning Pekinda o‘tilishiga erishilgani bilan tabrikladi.
“Pekin ham kishki, ham yozgi Olimpiadani qabul qilgan yagona shaharga aylanadi”, - ta'kidladi Qozog‘iston yetakchisi.
Si Tszinpin, o‘z navbatida, ko‘p tomonlama strategik munosabatlarning yangi bosqichini ochib beruvchi qo‘shma deklaratsiya imzolanishini ma'lum qildi.

“Bu hujjat ko‘p yillik samarador hamkorligimizning natijalarini ko‘rsatib berish bilan birga, kelajakdagi hamkorlik dasturiga ham aylanadi”, - ta'kidladi u.
Bundan tashqari, Qozog‘iston hududida kam boyitilgan uran bankining tashkil etilishi bilan ikki davlat o‘rtasida atom energetikasi bo‘yicha ham hamkorlik jonlanishi aytib o‘tildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish