Jahon | 14:16 / 01.09.2015
8229
1 daqiqa o‘qiladi

Quyosh tizimida Tojikiston sayyorasi paydo bo‘ldi

Xalqaro astrofiziklar jamiyati Quyosh tizimidagi kichik sayyoralardan birini tojik olimlarining dunyo astrofizikasi va osmon jismlarini o‘rganishga qo‘shga hissasini hisobga olgan holda Tojikiston deb nomlashga qaror qildi.

Bu haqdagi guvohnomani Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat Fanlar akademiyasi prezidenti Farhod Rahimiyga topshirdi, deya seshanba, 1 sentabr kuni ma'lum qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Xabar berilishicha, Tojikiston sayyorasi Mars va Yupiter oralig‘ida, Yerdan 250 million kilometr, Quyoshdan esa 463 million kilometr masofada harakatlanadi. Sayyora Quyosh atrofini har besh yilda bir marta to‘liq aylanib ulguradi.

Ayni paytda Tojikiston sayyorasi Yerga eng yaqin masofada joylashgan bo‘lib, tojik olimlari uning fizik va kimyoviy tarkibi va undagi jarayonlarni tadqiq qilmoqda.