11:35 / 01.09.2015
2450

«Real» De Xeaning transfer hujjatlarini o‘z vaqtida yuborganini isbotlamoqchi

Tomonlar o‘zaro kelishib olganiga qaramay, darvozabon David de Xeaning "Manchester Yunayted"dan "Real"ga transferi to‘liq amalga oshmay qoldi. Bunga jamoalarning hujjatlarni o‘z vaqtida La Ligaga yubormagani sabab bo‘lgani haqida xabar qilingandi.

Ma'lumotlarga qaraganda, mankunianliklar rahbariyati futbolchining transferini FIFAning maxsus TMS dasturida ro‘yxatdan o‘tkazgan, "Madrid" esa bu ishni qilishga ulgurmagan. Bunday holatda David de Xeaning egalik huquqi "Qirollik klubi"ga o‘tgan, ammo u La Liga bahslarida ishtirok eta olmaydi.

"Real" rahbariyati esa tegishli hujjatlarni transfer muddati tugashiga 1 daqiqa qolganida (23:59da) La Ligadan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuborganini isbotlash niyatida. Liga rahbariyati esa madridliklar bu ishga ulgurmaganini ta'kidlashmoqda.

"Real" ushbu masala bo‘yicha UYeFAga murojaat qilishi va ushbu masala UYeFAda hal qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Real" David de Xeani qo‘lga kiritish uchun "Manchester Yunayted"ga 25 million yevro va unga qo‘shib Keylor Navasni berishga rozi bo‘lgandi. Shu tariqa darvozabonning transferi 40 million yevroga aylanadi.

Top