Iqtisodiyot | 17:19 / 01.09.2015
2892
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Xitoy Moskva-Qozon temir yo‘li qurilishiga 1 trln rubl ajratadi

Rossiya va Xitoy Moskva-Qozon yuqori tezlikdagi temir yo‘l magistralining qurilishi loyihasiga 1 trln rubl miqdorida investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bayonot berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, yuqori tezlikdagi magistralning qurilish Rossiya va Xitoy aloqalarining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir. “Loyihaning birgalikda moliyalashtirishning mexanizmlari borasida kelishuvga erishib bo‘lindi, ushbu qurilishga biz 1 trln rubl investitsiya kiritmoqchimiz”, - uning so‘zlarini keltiradi Interfaks agentligi.

Bundan tashqari, Putin Rossiyaga qarshi Ukraina masalasi tufayli G‘arb davlatlari tomonidan joriy qilingan iqtisodiy va siyosiy cheklovlar Rossiya va Xitoyning iqtisodiy munosabatlariga ijobiy ta'sir o‘tkazib, o‘zaro aloqalarning mustahkamlanishiga turtki bo‘layotganini ta'kidlab o‘tdi.
Magistral qurilishi 2020 yilda yakunlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish