Jahon | 12:33 / 01.09.2015
3243
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning TASS axborot agentligi 111 yoshda

Rossiyadagi eng eski axborot agentligi bo‘lmish TASSning tashkil topganiga bugun 111 yil bo‘ldi. 1904 yilning 1 sentabrda u Sankt-Peterburg telegraf agentligi nomi ostida faoliyatini boshlagan edi. Bu davr ichida agentlik xodimlari dunyoning turli burchaklaridan millionlab yangiliklar yetkazib berishdi.

TASS bosh direktori Sergey Mixaylovning ta'kidlashicha, agentlik shu yillar ichida hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotmay kelmoqda. “Biz OAV rivojlanish tendensiyalari diqqat bilan kuzatib boramiz, har kuni bozorga talabkor mahsulot va xizmatlarni chiqaramiz, ular Rossiyadagi va boshqa davlatlarga mijozlarga qiziqligiga aminmiz. Ular ichida hozircha mamlakatda yagona bo‘lib qolayotgan radiostansiyalarga mo‘ljallangan “TASS Audio” ovozli mahsulotlar uzatish xizmati, “Chordoq” ilmiy-ommabop portali, “TASS Transport tasmasi” va boshqalar bor.

Yaqin orada biz yana bir qancha qiziq loyihalarni ishga tushiramiz”, - ta'kidlaydi Mixaylov.
Agentlik 1904 yili Nikolay IIning farmoniga ko‘ra tashkil etilgan edi. 1914-1918 yillarda u Petrograd telegraf agentligi, 1918-1925 yillarda ROSTA, 1925-1992 yillarda TASS, 1992-2014 yillarda ITAR-TASS deb atalgan. 1914 yildan buyon u yana TASS nomiga qaytdi.