Jahon | 23:03 / 01.09.2015
4057
1 daqiqa o‘qiladi

Sankt-Peterburgdagi shifoxonada bemor tanasida qisqich qolib ketgani sababli vafot etdi

Sankt-Peterburgda avliyo Yelizaveta shifoxonasida operatsiyadan keyin bemor tanasida qisqich qolib ketgani sababli vafot etdi, deb xabar bermoqda shahar prokuraturasiga iqtibos keltirgan holda “Russkaya slujba novostey” axborot agentligi.

“Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, jarroh Irina Tsibulskaya 2014 yilning 12 fevralida Yelizaveta shifoxonasida Belarus fuqarosiga o‘ng tomonlama diafragmal churrani olib tashlash bo‘yicha o‘tkazgan jarrohlik operatsiyasida mas'uliyatsizlikka yo‘l qo‘ydi. Shifokor operatsiyadan keyin bemor ichida Mikulich qisqichini unutib qoldirgan”, deyilmoqda prokuraturada.

Erkakning ahvoli u shifoxonadan chiqqandan keyin keskin yomonlashib ketgan. U shoshilinch shifoxonaga yotqazilgan va qisqichni olib tashlash bo‘yicha yana bitta operatsiyani boshidan o‘tkazgan. Qisqich olib tashlangan, biroq bemor 29 mayda halok bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish