19:53 / 01.09.2015
3467

Sergey Brin va Ilon Mask festival-shahar qurishlari mumkin

Google asoschilaridan biri Sergey Brin va Tesla kompaniyasining bosh direktori Ilon Mask AQShning Nevada shtatida yil bo‘yi “Yonayotgan odam” (Burning Man) festivali bo‘lib o‘tadigan shahar yaratishlari mumkin, deb xabar bermoqda New York Magazine nashri.

Arxitektorlardan biri “Yonayotgan odam”ga bag‘ishlangan shaharni barpo etish bo‘yicha rejani yaratdi va bu rejani amalga oshirish uchun sarmoyachilar izlamoqda. Festival ta'sischilaridan biri Uil Rojyersning aytishicha, “texnologik titanlar” “jamiyatda tajriba” yaratish borasida o‘z qarashlari bilan bo‘lishdilar.

Gaplar bo‘yicha, o‘tgan yili Brin va Mask festivalda maxsus ekskursiyaga tashrif buyurishgan. Rojyers “titanlar” nomini oshkor etmadi, biroq Mask va Brin loyihaga sarmoya kiritishlari ehtimolini inkor etmadi.

Ma'lumot uchun, “Burning Man” har yili Nevada shtatida, Blek-Rok cho‘lida 8 sakkiz kun davom etadigan festival bo‘lib, avgustning oxirgi dushanbasidan boshlanadi.

Top