Texnologiya | 20:07 / 01.09.2015
4120
1 daqiqa o‘qiladi

Sony 4K ekranli smartfon taqdim qiladi

Sony kompaniyasi IFA 2015 ko‘rgazmasida yangi Xperia Z5 modelini uch modifikatsiyada namoyish qiladi, ulardan biri ko‘rsatish qobiliyati 4K ga ega displeyli smartfon bilan jihozlanadi, deb xabar bermoqda Mashable portali. 

Modellar Sony Xperia Z5, Xperia Z5 Compact va 4 K displeyli Xperia Z5 Premium nomlarini oladi. Barcha modifikatsiyalar deyarli bir xil butlovchi qismlar bilan jihozlanadi, ular bir-biridan o‘lchamlari va ekranining diagonali bo‘yicha farq qiladi.
Sony bunday yuqori ko‘rsatish qobiliyatiga ega smartfon ishlab chiqargan birinchi kompaniya bo‘lishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish