Jahon | 17:20 / 01.09.2015
2536
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina parlamentidagi «Radikalnaya partiya» hukmron koalitsiya tarkibidan chiqishini e'lon qildi

Ukraina bosh vazirining o‘rinbosari Valeriy Voshevskiy iste'foga chiqish haqida e'lon qildi. Bu haqda «112 Ukraina» xabar bermoqda.

Voshevskiy «Radikalnaya partiya» partiyasi va hukmron koalitsiyadagi fraksiya yetakchisi Oleg Lyashko koalitsiya tarkibidan chiqib, muholifat tomonga o‘tishini ma'lum qilganidan so‘ng ushbu qarorga keldi. Voshevskiy bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga «Radikalnoy partiya»ga berilgan kvota asosida o‘tirgan edi.

«Bu «Radikalnoy partiya» fraksiyasining koalitsiyadan chiqish haqidagi umumiy qarori bo‘lib, bir ovozdan qabul qilindi.

Barcha «Radikalnaya partiya» hukumat vakili bo‘lishdan voz kechdi. Bu esa shaxsan mening lavozimimdan bo‘shashim kerakligini anglatadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish