Texnologiya | 14:27 / 01.09.2015
4254
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Bugatti giperkari Veyron’dan mln yevroga qimmatroq bo‘ladi

Bugatti kompaniyasining yangi giperkari – Chiron’ning narxi 2.2 mln yevroni tashkil qiladi. Bu haqda Car nashri xabar bermoqda. Qiyos uchun, 10 yil muqaddam chiqarilgan dastlabki Veyron’larning narxi 1.3 mln yevroga teng edi.

Ayni kunlarda kompaniya o‘z shtab-kvartiralarida modelning potensial mijozlarga mo‘ljallangan yopiq taqdimotini o‘tkazmoqda. Modelning ommaviy debyuti keyingi martida Jyeneva motorshousida o‘tkaziladi.
Yangi giperkar 1.5 ming ot kuchiga ega kuch qurilmasi bilan jihozlanadi. Uning tarkibiga 8 l li W16 dvigateli 7 diapazonli robot o‘tkazmalar qutisi kiradi.

Chiron 2.3 sekundda 100 km/soat tezlikka erishadi. Mashinaning maksimal tezligi 440 km/soatni tashkil qiladi, ammo spidometr 500 km/soatga mo‘ljallanadi.
Mashina 500 adadda ishlab chiqariladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish