Jahon | 15:29 / 01.09.2015
4045
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zellandiyaning yangi bayrog‘i uchun ovoz berish boshlanadi

Yangi Zellandiya hukumati mamlakat yangi bayrog‘ining to‘rt shaklini ovoz berish uchun keng ommaga namoyish qildi.

Hukumat kengashi mamlakat fuqarolari tomonidan taqdim etilgan 10 mingdan ziyod namuna ichidan to‘rttasini tanlab oldi.

Ushbu to‘rt namunaning uchtasida paporotnik obrazi qo‘llanilgan bo‘lsa, to‘rtinchisida mamlakatning norasmiy ramzlaridan sanaluvchi tsiateya o‘simligining spiralsimon qo‘zoqchasi tasvirlangan.

Ovoz berish 2015 yilning 20 noyabridan 11 dekabriga qadar davom etadi. Referendum o‘tkazish haqidagi qaror esa bir yil avval e'lon qilinadi. Davlat ramzini o‘zgartirish qarorini hukumat uning Britaniya va Avstraliya bayroqlariga o‘xshashi bilan izohlamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish