Jahon | 13:33 / 01.09.2015
1810
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada 1.5 mln kishi zilzilaga qarshi o‘quvlarda ishtirok etdi

Yaponiyada kuchli yer silkinishi chog‘ida saqlanish va ofat oqibatlarini bartaraf qilishga qaratilgan o‘quvlarda 1.5 mln dan ortiq odam ishtirok etdi. KyodoNews agentligining ma'lum qilishicha, maxsus tadbirlar 34 prefektura hududida o‘tkazildi. Bunday tadbirlar mamlakatda har yili 1 sentabr kuni o‘tkaziladi.

Stsenariyga ko‘ra, mamlakatda 7.3 magnitudali zilzila sodir bo‘lib, uning episentri Tokio ostida joylashadi. Bosh vazir qarorgohida operativ shtab tashkil etilib, uning ishchilari jabr ko‘rgan mintaqalarni kuzatadi va muvofiqlashtiruvchi tadbirlar o‘tkazadi. Vazirlar mahkamasi a'zolari odatiy kostyumlarini yechib qo‘yib, maxsus kiyimlarni kiyishadi va tez-tez harakat qilishadi.

Hukumat rahbari millatga sinov murojaatini yo‘llaydi, odamlarni tinchlik saqlashga chaqirib, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtiradi.
O‘quvlarda, shuningdek, armiya, politsiya, yong‘in xavfsizligi xizmati bo‘linmalari, davlat xizmatchilari va tibbiyot xodimlari ham ishtirok etishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish